16:59 / 28.09.2016
10187

Nazarboyev Qozog‘istonni Singapurga o‘xshatdi

Qozog‘iston davlat rahbari Nursulton Nazarboyev Singapurning katta faxriy vaziri, shahar-davlat parlamenti a'zosi Go Chok Tongni qabul qildi, deya xabar qilmoqda Oqo‘rda matbuot xizmati. 

Uchrashuvda iqtisodiyotning turli sohalarida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan. 

Qozoq davlat rahbari Singapurning innovatsiya, texnologiya va moliyaviy sohalardagi tajribasini e'tirof etgan. 

"Garchi Singapur shahar-davlat bo‘lsa-da, u samarali taraqqiyot modeli sifatida dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun namuna bo‘ldi. Bizlarning davlatchilikni barpo etish yo‘llarimiz ham ko‘p jihatdan o‘xshash. Shu sababli, turli xil dastur va strategiyalarni ishlab chiqishda biz Singapur tajribasini diqqat bilan o‘rganamiz", – degan Nazarboyev. 

O‘z navbatida, Go Chok Tong Nursulton Nazarboyevga taklif uchun minnatdorchilik bildirib, iliq qabul uchun tashakkur bildirdi. 

Top