18:15 / 28.09.2016
3855

OAV: Tokiodagi ehtimoliy gaz hujumidan olti kishi jabrlandi

Tokio metrosida, taxminlarga ko‘ra, gaz orqali hujum qilinishi oqibatida olti kishi jabrlandi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.

Voqea Yaponiya poytaxti metrosining Takadanobaba stansiyasida yuz bergan.

Avval xabar qilinganidek, 20dan ziyod kishi shubhali hidni payqagan. Ular favqulodda qutqaruv xizmati xodimlarini yordamga chaqirishgan.

NHK telekanalining xabar berishicha, stansiyada hidni aniqlashtiruvchi mutaxassislar faoliyat yuritmoqda. Stantsiya atrofida tez yordam va o‘t o‘chirish mashinalari joylashtirilgan.

 

Mavzuga oid
Top