08:44 / 28.09.2016
15151

Tom Henks tasodifan yosh kelin-kuyovning fotosessiyasida muhrlanib qoldi

Hollivudning iste'dodli aktyori Tom Henks Nyu-Yorkdagi Markaziy xiyobonda yugurayotib, suratga tushayotgan yosh kelin-kuyov - Elizabet va Rayanga duch keldi. U yugurishdan to‘xtab, fotosessiyada ishtirok etdi. Ularni suratga tushirgan fotografning do‘sti mazkur suratlarni Reddit'da chop etdi. 

Post muallifining The Huffington Post'ga bildirishicha, kelin-kuyov suratga tushayotganda o‘sha yerda yugurib yurgan kishi obektivga tushib qoladi, kelin uning kadrdan yo‘qolishini kutib, fotoapparatni pastga tushiradi. Biroq "notanish" kishi bunday qilmaydi, u beysbolkasini boshidan olib, "Salom, men Tom Henksman" deydi. 

Jahonga mashhur aktyor kelinning qo‘lini o‘pib, unga hurmat bajo keltirdi, shundan so‘ng juftlikni bunday qutlug‘ kun bilan tabriklab, "selfi"ga tushdi va bu suratni o‘zining Twitter'iga joylashtirdi. 

Mavzuga oid
Top