07:44 / 28.09.2016
6395

Tramp va Klinton o‘rtasidagi teledebatlar televideniyeda rekord o‘rnatdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar Donald Tramp va Xillari Klinton o‘rtasidagi teledebatlarning birinchi raundini 84 mln amerikalik tomosha qildi. Bu AQShda o‘tkazilgan bunday tadbirlar tarixidagi rekord darajadagi auditoriya bo‘ldi.

Avvalgi rekord 1980 yilda o‘sha paytdagi AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar Jimmi Karter va Ronald Reygan o‘rtasidagi debatlarda o‘rnatilgan. Uni 80,6 mln kishi tomosha qilgan.

Tramp va Klinton o‘rtasidagi debat taxminan 1 soat 45 daqiqa davom etib, 13 ta telekompaniya tomonidan jonli namoyish qilindi. Nielsen hisob-kitoblariga ko‘ra, 2,7 mln kishi debatga tvitterda izoh bergan.

Bu nomzodlar o‘rtasida yana ikki raund debat bo‘lib o‘tadi: 9 oktabrda Sent-Luisda (Missuri shtati) va 19 oktabrda Las-Vegasda (Nevada shtati). Bundan tashqari, 4 oktabrda Farmvillda (Virjiniya shtati) nomzodlar o‘zlariga tanlagan vitse-prezidentlikka nomzodlar – demokrat Timoti Keyn va respublikachi Maykl Pens uchrashishi kerak.

 

Mavzuga oid
Top