07:24 / 29.09.2016
7356

AQSh Kuvayt, Qatar va Bahraynga 8 mlrd dollarlik qiruvchi samolyotlar sotishga ruxsat berdi

AQSh hukumati Boeing’ning Qatarga umumiy qiymati 4 mlrd dollarlik 36 ta F-15 va 28 ta F/A- 18E/F "Super Hornet" qiruvchi samolyotlarini sotishini ma'qulladi. Shuningdek, Kuvaytga 3 mlrd dollarlik 12 ta F/A- 18E/F "Super Hornet"ga buyurtma berilishi mumkin.

Shuningdek, Lockheed Martin’ga Bahraynga 1 mlrd dollarlik 17 ta F-16 ta qiruvchi samolyoti sotish va yana 20 tagacha samolyotni modernizatsiya qilishga ruxsat berildi. 

Hukumat ushbu bitimlarni Isroilning xavotirlari va Qatarning islomchi guruhlar bilan ehtimoliy aloqadorligi uchun tanqid qilinayotgani sababli 2 yildan ko‘proq vaqt davomida ko‘rib chiqayotgandi.

Bundan tashqari, AQSh hukumati kongressmenlarni bu bitimlarni ma'qullashidan norasmiy ravishda ogohlantirishni boshlagan. So‘ngra bitimlar tuzilgani 40 kundan keyin rasman e'lon qilinadi. O‘shanda kongressmenlarda bitimlarni tuzish uchun 30 kun vaqt bo‘ladi.

 

Top