19:32 / 29.09.2016
8307

Tramp kokain iste'molida gumon qilinmoqda

Foto: © AFP

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp qarorgohi sobiq gubernator Hovard Dinning Tramp borasida aytgan so‘zlarini tanqid qildi. Din Trampni Hillari Klinton bilan telebahslar boshlanishi avvalida giyohvand modda iste'mol qilishda oshkora gumon qilgan edi, deb yozmoqda Amerikaning Hill gazetasi.

"Diqqat qildingizmi, Tramp doim tortmoqda. Kokain iste'mol qiladimi?" — deb yozgan edi Hovard Din Twitter sahifasida, 26 sentabrda bo‘lib o‘tgan telebahslarga fikrini bildirar ekan. So‘ngra, bir paytlar shifokor bo‘lgan Din bu mavzuni MSNBC telekanalida yanada rivojlantirib, Trampning qiliqlarida kokain iste'mol qiluvchilarni yodga soluvchi harakatlar borligini aytgan. 

"Men tashxis qo‘ymayapman, ammo Tramp shunday qilayapti. Men bu masalani yaxshilab o‘ylab ko‘rishni taklif qilaman. Qiziq o‘xshashlik: u bangilar kabi burnini tortdi. Bundan tashqari, ularga o‘xshab og‘ir-bosiqlikni namoyish etdi, bu masalani undan so‘rash ajoyib bo‘lardi", — degan Din.

"Gubernator Dinni so‘zlari chegaradan chiqqan va bizning muhim siyosiy bahslarimizda unga o‘rin yo‘q. Millionlab amerikaliklar ikki nomzodning siyosatini qiyoslagan bir vaqtda, gubernator Din ko‘cha darajasiga tushib qolgani achinarlidir", — deyiladi Donald Tramp qarorgohi bayonotida. 

Hill nashriga ko‘ra, Donald Tramp qachonlardir kokain iste'mol qilgani xususida ma'lumotlar yo‘q. Bundan tashqari, Tramp avvalroq, alkogolli ichimliklar ichmagani va taqiqlangan giyohvand moddalarni iste'mol qilmasligini aytgan edi. 

 

Mavzuga oid
Top