O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 29 sentabr kuni Belarus elchisi Nikolay Klakevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
«Suhbat chog‘ida bo‘lajak O‘zbekiston—Belarus uchrashuvlarining amaliy masalalari muhokama qilindi», — deyiladi TIV axborotida.