12:02 / 30.09.2016
7209

Yaponiya sohillarida tonnalab zaharli modda ortilgan tanker suvga g‘arq bo‘lmoqda

Yaponiyaning Yamaguti prefekturasidagi Tokuyamakudamatsu portida natriy gidroksid yuklangan tanker cho‘ka boshladi. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar tarqatdi.

Uzunligi 50 metrli "Yovamaru" tankeriga 400 tonna natriy gidroksid yuklangandi. Kemaning cho‘kish xavfi mavjud. Ekipajning 4 nafar a'zosi kemani tark etishga muvaffaq bo‘lgan va ayni damda xavfsizlikda.

Natriy gidroksid suv bilan aralashganida kuchli kimyoviy reaksiya yuz beradi va ulkan hajmdagi issiqlik ajralib chiqadi. U terini kuydirishi, ko‘zga tushsa, ko‘r qilishi mumkin. Yaponiyada ushbu ximikatning 5 foizdan ortiq konsentratsiyasini qo‘llash taqiqlangan. 

Dengiz xavfsizlik xizmati halokat hududiga patrul kemasini yuborgan.

Mutaxassislar bu tanker halokati jiddiy oqibatlarga olib kelmasligi, faqat hudud akvatoriyasig zarar yetkazishini aytib o‘tgan.

"Bu radiatsiya emas, yoqilg‘i ham emas. Shu sababli katta talofat bo‘lmaydi", degan mutaxassis.

Mavzuga oid
Top