17:11 / 30.09.2016
9754

Eng tez velosiped yangi rekord o‘rnatdi

Kanadalik muhandis Todd Reychart Aerovelo Eta velosipedida tezlik bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Nevadada o‘tgan chempionatda u soatiga 144 kilometr tezlikda harakatlandi. Musobaqadan olingan video Popular Mechanics saytida joylashtirilgan.

Aerovelo Eta yuqori tezlikka unga havo qarshiligini yengishga yordam beradigan materiallar uyg‘unligida erishadi. Avvalgi rekord ham Reychartga taalluqli bo‘lib, o‘tgan yili o‘rnatilgan edi. O‘shanda u soatiga 72 kilometr tezlikda harakatlangandi.

Top