09:20 / 30.09.2016
7349

Yevropa ligasi: "Krasnodar" "Nitstsa"ni yirik hisobda yutdi

Rossiyaning "Krasnodar" klubi Yevropa ligasi guruh bosqichining 2-turida o‘z maydonida "Nitstsa"ni qabul qildi. Uchrashuv mezbon jamoa foydasiga 5:2 hisobida yakunlandi. "Krasnodar" safida gollarni Fedor Smolov, Joaozino va Ari (ikkisi ham dubl rasmiylashtirdi) kiritdi. Frantsuz klubi safida Mario Balotelli va Vilan Sipriyen o‘z hisoblariga gollar yozib qo‘yishdi.

Ayni vaqtda "buqalar" 6 ochko bilan I guruhida peshqadamlik qilmoqda.

Yevropa ligasi. I guruhi. 2-tur

"Krasnodar" (Rossiya) — "Nitstsa" (Fransiya) — 5:2

Gollar: Smolov, 22 (1:0); Joaozino, 33 (2:0); Balotelli, 42 (2:1); Joaozino, 65 (3:1, pen.); Sipriyen, 71 (3:2); Ari, 86 (4:2); Ari, 90+3 (5:2).

Top