20:00 / 30.09.2016
6557

Xitoyda "Megi" to‘foni tufayli 2 milliondan ortiq kishi yordamga muhtoj ahvolda qoldi

Kamida 2,09 million kishi Xitoyga yopirilgan "Megi" to‘foni keltirgan talofatlar tufayli yordamga muhtoj ahvolda qoldi. Bu haqda XXRning fuqarolik vazirligi ma'muriyati ma'lum qilgan.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, to‘fon Chjetszyan, Futszyan va Tszyansu viloyatlaridagi 16 shahar hamda 107 uyezdga zarar yetkazgan. Dastlabki kunda shoshilinch tartibda hududlardan 656 ming kishi evakuatsiya qilingan. To‘fon oqibatida 1200dan ortiq uy vayron bo‘lgan, 10 mingdan ortiq bino vayron bo‘lgan.

Tabiiy ofat keltirgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy zarar miqdori 5,53 milliard yuanni (829 mln dollar) tashkil qilgan.

To‘fondan eng ko‘p zarar Chjetszyan viloyatiga yetgan. Bu hududda to‘fon ortidan yuz bergan ko‘chki tufayli 7 kishi halok bo‘lib, 20 dan ortiq kishi bedarak ketdi. 

Ma'lum qilinishicha, Futszyan viloyatida to‘fon tufayli 5 kishi halok bo‘lgan.

Seshanba kuni "Megi" to‘foni Xitoyning sharqiy qirg‘oqlariga yetib keldi. Hukumat favqulodda holatning uchinchi darajasini e'lon qildi va Guandun, Futszyan,  Chjetszyan, Tszyansi va Xunan viloyatlariga tabiiy ofat oqibatlariga qarshi kurashish uchun maxsus guruhlarni yo‘lladi.

Mavzuga oid
Top