11:04 / 30.09.2016
6881

OAV: Janubiy Koreya RQM tizimini o‘rnatishga joy topdi

Foto: Flicr

KXDR ballistik raketalarini urib tushirish maqsadida yuqori texnologiyali THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimi Janubiy Koreyaning sharqiy Kensanpukto viloyati Sonju tumanidagi golf maydonlaridan biriga o‘rnatiladi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi harbiy manbalarga tayangan holda. 

Avvalroq, THAAD tizimini 2017 yil oxirigacha "Sonsan" harbiy zenit bazasida joylashtirish rejalashtirilgan edi. Biroq, hukumat va aholi radiolokatsiya to‘lqinlarining odamlar salomatligiga zararidan xavotir bildirishgach, bu qaror o‘zgartirildi. 

Shunday qilib, unga topilgan yangi joy Sonju ma'muriy markazidan 18 km shimolda bo‘lib, dengiz sathidan 680 metr balandlikda, "Sonsan" zenit-raketa bazasidan 300 metr yuqorida joylashgan golf maydonidir. Bundan tashqari, u turarjoy binolaridan o‘ralgan. 

Shu yilning iyul oyida AQSh va Janubiy Koreya THAAD tizimini Koreya yarim orolida joylashtirishga kelishib olgan edi. Rasmiy Seul ma'muriyatiga ko‘ra, bu Shimoliy Koreya ballistik raketalarini tutish uchun zarurdir. 

Mavzuga oid
Top