11:50 / 30.09.2016
7362

Turkiya 2017 yilning bahorigacha Suriya bilan chegarasining asosiy qismi devor orqali to‘silishini ma'lum qildi

Turkiya Suriya bilan chegarada 911 kilometrli devor quradi. Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishik ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

«Biz Suriya bilan 911 km.li chegara yopilishini istaymiz. U 2017 yilning bahoriga kelib, to‘liq yopiladi», — dedi Ishik.

Turkiya hukumatining aytishicha, devor mamlakat hududiga Suriya orqali kirib kelayotgan noqonuniy muhojirlarning oldini olishga qo‘l keladi. Ayni damda Turkiya o‘zida 3 mln suriyalik qochqinni qabul qilgan.

 

Top