15:03 / 30.09.2016
5062

O‘zbekiston terma jamoasi guruhdoshi o‘rtoqlik uchrashuvda g‘alaba qozondi

O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichidagi raqiblaridan biri – Qatar 29 sentabr kuni Serbiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi.

O‘zbekiston terma jamoasidan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan so‘ng murabbiyini almashtirgan Qatar terma jamoasi uchun bu urugvaylik mutaxassis Xorxe Fossati boshchiligidagi ilk uchrashuv bo‘ldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq Sebastian Quintana xet-trik qayd etib, hisobni 3:0 ko‘rinish olishini ta'minladi.

Ikkinchi bo‘limda esa darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va Qatar yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Qatar Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 6 oktabr kuni safarda Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi. 11 oktabrda esa Suriyani o‘z maydonida qabul qiladi.

Top