15:01 / 01.10.2016
7317

450 tonna ishqor bilan dengizga cho‘kayotgan tanker Yaponiya sohillariga tortib kelindi

Bortida 450 tonna natriy gidroksidi bo‘lgan "Yovamaru" tankeri dengizga cho‘kayotgani xabar qilingan edi. Ayni vaqtda, kemani kimyoviy moddalar tushiriladigan sohilbo‘yiga olib kelishning uddasidan chiqilgan, deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tanker bortida 4 nafar ekipaj a'zosi bo‘lib, ularning barchasi qutqarilgan va jabrlanmagan. Kimyoviy moddalarning dengizga quyilishi yuz bermagan. 

50 metr uzunlikdagi "Yovamaru" bortida katta miqdorda qattiq ishqorli modda – natriy gidroksid (kaustik soda) bo‘lgan.

Tankerning Yamaguti prefekturasidagi Tokuyamakudamatsu portida cho‘ka boshlashiga muvozanatni yo‘qotgani sabab bo‘lgan. Uning qiyshayish burchagi 22 darajani tashkil etgani tankerning suv ostiga cho‘kish xavfini kuchaytirgan. 

Mavzuga oid
Top