22:00 / 01.10.2016
4814

"Chelsi" mehmonda "Xall Siti"dan ustun keldi

APLning 7-turida "Chelsi" safarda "Xall Siti"ga qarshi to‘p surdi. Uchrashuvda Antonio Konte shogirdlari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Uchrashuvdagi dastlabki gol 61-daqiqada Villian tomonidan kiritildi. Oradan olti daqiqa o‘tib esa Diyego Kosta "Xall Siti" darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol qildi. Shunday qilib, Konte shogirdlari oxirgi turdagi omadsizliklardan keyin nihoyat g‘alaba qozondi. 

Shuni aytish kerakki, Kosta "Xall Siti" darvozasini ishg‘ol qildi va mavsumdagi gollari sonini 6taga yetkazib oldi. 

Angliya chempionati, 7-tur

Xall – Chelsi 0:2 (0:0, 0:2)

Gollar: 0:1 – 61 Villian, 0:2 – 67 Diyego Kosta. 

"Xall" – Marshall, Meyler, Devis, Robertson, Snodgrass, Xenriksen (Ernandes, 72), Meyson, Livermor, Klukas (Xaddlstoun, 81), Diomande (Melouni, 63), Mbokani.

"Chelsi" – Kurtua, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Kante, Matich, Villian (Chaloba, 89), Mozes (Pedro, 85), Azar (Oskar, 81), Diyego Kosta.

Ogohlantirishlar: Mozes (35), Matich (41), Livermor (42), Robertson (79).

manba:tribuna.uz

Top