13:00 / 01.10.2016
10286

Ilm va ma'rifat fidoyilariga bayram muborak!

Ustoz-murabbiylar...

Bu so‘zni eshitgan har kimsa bor-ki, avvalo, uning ongida bir kasb egasi gavdalandi. Bu to‘g‘ri, ammo mohiyatan-chi?
Inson dunyoga kelib, gapirishni, kulishni, yurishni, yugurishini, fikrlashni o‘rganyaptimi, demak u koinaotning borlig‘i sifatida yashyapti. Ammo u to‘g‘ri yo‘ldan yuryaptimi yoki yo‘q, bu boshqa masala.

Ustoz-murabbiylarimiz, ular kim bo‘lishidan qat'i nazar, bir harf o‘rgatishgan, ilm sirlarini bildirishgan, jismoniy harakatlarimizni me'yorlashtirgan va yoki ota-ona ardog‘i va qo‘shnichilik odoblari haqida nasihat qilgan bo‘lishadimi ularning bari bizning murabbiylarimiz, hayotiy ustozlarimizdir.
Bu dunyoda har kimning bir ustozi bor. Bir so‘z deya olishiga imkon bergan bir yo‘lboshchisi bor...

Kun.uz sayti 1 oktabr – mamlakatimizda Ustoz va murabbiylar bayrami sifatida uzoq yillardan beri nishonlanib kelayotgan ekan, shu fursatdan foydalanib, barcha o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylarning kasb bayramlari, hayotiy yo‘llari bilan tabriklaydi. Ilm va ma'rifat yo‘lida ko‘rsatgan fidoiyligingiz tahsinga loyiq. Barchangizga bayram muborak!

Top