19:58 / 01.10.2016
18807

Kechki dayjest: 1 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 1 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosining yangi loyihalariga oid suratlar paydo bo‘ldi

Shu yilning sentabr oyi o‘rtalarida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Yunusobod va Mirzo-Ulubek tumanlariga tashrif buyurgan edi.

>>>  Batafsil.

Toshkentda avval yopilgan yo‘llar ochiladi

Toshkent shahrida Mustaqillik shoh ko‘chasi bilan tutashuvchi yo‘llarning avval yopilgan qismlari ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

>>>  Batafsil.

Bosh vazir virtual qabulxonasi kutilgan natija beryaptimi: faktlar suratlarda

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonasi test rejimida virtual faoliyatini ishga tushirgan edi.

>>>  Batafsil.

Bangladeshda 80 yoshli kishiga o‘xshash chaqaloq dunyoga keldi

Bangladeshning Bulbariya qishlog‘ida istiqomat qiluvchi juftlik oilasida projyeriya xastaligi bilan kasallangan chaqaloq dunyoga keldi.

>>>  Batafsil.

Rossiya tashqi ishlar vaziri MH17 reysi falokati uchun uzr so‘rashdan bosh tortdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MH17 reysi falokati uchun xalqaro komissiya hisoboti bilan bog‘liq holda uzr so‘rashdan bosh tortdi. Hisobotga ko‘ra, samolyot urib tushirilgan "Buk" raketa majmuasi Donbassga Rossiyadan keltirilgan, so‘ngra yana qaytarib olib ketilgan.

>>>  Batafsil.

AQShda 11 sentabr voqealari yuzasidan Saudiya Arabistoniga qarshi ilk ariza topshirildi

AQShlik ayol Saudiya Arabistoni podshohligiga qarshi arizasi bilan Amerika sudiga murojaat qilgan. Bu hodisa, 2001 yil 11 sentabr voqealarida halok bo‘lganlarning oila a'zolariga shunday ariza topshirishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilinganidan ikki kun o‘tgach, yuz bergan.

>>>  Batafsil.

Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashini boshqardi

1 oktabrdan boshlab Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashini boshqaradi. Aynan mana shu oyda BMT Bosh kotibi nomzodiga saylov jarayoni yakunlanishi ehtimoli bor.

>>>  Batafsil.

Qirg‘iziston Prezidentning kelishini kutmoqda

Moskvadagi Markaziy klinik shifoxonada davolanish kursidan o‘tgan Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev bugun 1 oktabr kuni vataniga qaytib keladi, deya xabar qilmoqdaRIA Novosti agentligi Qirg‘iziston prezidenti apparati vakiliga asoslangan holda.

>>>  Batafsil.

XXR o‘zining 67 yilligini ajoyib manrzaralar og‘ushida nishonlamoqda (fotojamlanma)

Har yili 1 oktabrda XXRning eng asosiy davlat bayrami nishonlanadi. 1949 yilning 1 oktabrida Pekindagi Tyananmen maydonida Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topganligi haqida ma'lum qilingan.

>>>   Batafsil.

Komatsu kompaniyasi haydovchisiz samosvalini namoyish etdi

Bugungi kun avtomobilsozlik sanoatida ko‘plab muqobil boshqaruv tizimiga ega transport vositalari ishlab chiqilmoqda.

>>>  Batafsil.

Samsung kompaniyasi o‘zining yangi avlod yupqa smartfonini taqdim etdi

Samsung Electronics kompaniyasi yangi avlod Galaxy A8 smartfonini rasman taqdim etdi. U o‘tgan yilning o‘rtalarida sotuvga chiqarilgan va kompaniyaning eng ingichka smartfoni bo‘lib turgan Galaxy A8 o‘rnini egallaydi.

>>>  Batafsil.

 

Top