13:53 / 01.10.2016
5382

Panasonic egiluvchan batareyalar ishlab chiqardi

Panasonic kompaniyasi "aqlli" gadjyetlar va internet buyumlari qurilmalarini (IoT) ishlab chiqarish uchun juda yupqa litiy-ion batareyalarini namoyish qildi. Batareyaning ishlab chiqarilganligi haqidagi xabar kompaniyaning rasmiy saytida chop etildi. 

Namoyish etilgan akkumulyatorlar kichik hajmga ega - 17,5 mAch'dan 60 mAch'gacha (hajmiga qarab - 28,5x39 mm - 40x65 mm'gacha). Qalinligi bir xil - 0,55 mm. Ularni 40 mm'gacha radiusda egish mumkin va ikki tomonidan 25 daraja bo‘ylab aylantirish mumkin. 

Akkumulyatorning korpusini maxsus laminatsiyalangan qobiq himoya qiladi. Panasonic'ning ta'kidlashicha, yangilik portativ qurilmalarda qo‘llash uchun mutlaqo xavfsiz. 

Kompaniya hozircha yangi egiluvchan akkumulyatorlarni qo‘llash mumkin bo‘lgan aniq qurilmalarni namoyish qilmadi. Ularni taqiluvchi yoki ko‘chma gadjyetlarda (bilakuzuk, soat va h.k) qo‘llash rejalashtirmoqda. Panasonic o‘zining yangi mahsulotini 4-7 oktabr kunlari Tiba shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan CEATEC JAPAN 2016 ko‘rgazmasida taqdim qilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top