17:16 / 02.10.2016
4325

Grizmann va Gameyroning gollari “Atletiko”ga g‘alaba keltirdi

Ispaniya chempionatining 7-turida Madridning “Atletiko” jamoasi safarda “Valensiya”ga qarshi to‘p surdi.

Uchrashuvning 44-daqiqasida Antuan Grizmann belgilangan penaltidan gol ura olmadi. Biroq Grizmann 63-daqiqaga kelganda baribir o‘z maqsadiga erishdi va “Valensiya” darvozasini ishg‘ol qildi. 69-daqiqada hakam yana bir marotaba “Valensiya” darvozasi  tomon penalti belgiladi. Nuqtaga bu safar Gabi yaqinlashdi hamda uni aniq amalga oshira olmadi. Bu safar ham Diyego Alaves penaltini qaytardi.  Shunga qaramay, “Atletiko” uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritishga erishdi. Aniqrog‘i, 90+3-daqiqada Kevin Gameyro o‘z nomini tabloga yozdirdi va “matraschilar”ning 2:0 hisobida g‘alaba qozonishiga hissa qo‘shdi.

“Valensiya” – “Atletiko” – 0:2
Gollar:
 Grizmann 63, Gameyro, 90+3
Noaniq penalti: Grizmann, 44; Gabi, 69.
Ogohlantirishlar: Mangala, 60 – Luis, 28; Grizmann, 58; Mendesh, 82.

Top