18:05 / 02.10.2016
6287

Lavrov va Kerri telefon muloqoti chog‘ida Halabdagi vaziyatni normallashtirish haqida gaplashdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 1 oktabr kuni AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Rossiya TIV saytida ma'lum qilingan.

Suhbatdoshlar Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishni davom ettirib, xususan, noqonuniy qurolli guruhlar nizo tomonlarining o‘t ochishni to‘xtatishi haqidagi Rossiya-Amerika kelishuvlariga qaramasdan, jangovar harakatlarni davom ettirayotgan Aleppo atrofidagi vaziyatni normallashtirishda navbatdagi qadamlarni tashlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishgan.

Siyosatchilarning muloqotida BMT Xavfsizlik kengashi doirasida Shimoliy Koreya muammoasi bo‘yicha ishlash, shuningdek, o‘zaro munosabatlardagi boshqa alohida jihatlarga o‘rin berilgan.

1 oktabr kuni ham AQSh va Rossiya diplomatiyasi rahbarlari muloqoti o‘tkazilgan, unda Sergey Lavrov G‘arb tomonidan nazorat qilinuvchi muxolifatchilarning «Jibhat an-Nusra»ga iltifot bilan munosabatda bo‘lishga urinishlari nomaqbulligiga e'tibor qaratgandi.

Mavzuga oid
Top