22:10 / 02.10.2016
9171

OAV: Pentagon britan piar-agentligiga Iroqdagi urushni yoritish uchun 540 mln dollar to‘lagan

AQSh mudofaa vazirligi Iroqdagi urushni yoritish uchun Bell Pottinger britan piar-agentligiga 2007 yildan 2011 yilgacha 540 mln dollar to‘lagan. Agentlik "Al-Qoida" terrorchilik tashkiloti haqida soxta videoroliklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Bu roliklar yordamida Oq uy terrorchilar bilan qiziquvchi odamlarni aniqlagan, deb xabar bermoqda Tergov jurnalistikasi byurosiga iqtibos keltirgan holda The Daily Beast nashri.

Bell Pottinger usullari orasida "Al-Qoida"ni salbiy jihatdan ko‘rsatuvchi soxta yangiliklar va u haqdagi roliklar bo‘lgan. Roliklar disklarga yozilib, disklar amerikalik harbiylar tomonidan operatsiyalardan keyin tashlab ketilgan. Ular orqali bu videoni ko‘rgan odamlar aniqlangan.  

"CD-disklar Real Player mediadasturi orqali o‘qilgan, u ishlagan vaqtda internetga ulangan. Agentlik jamoasi yozuvlar orasiga Google Analytics bilan birga ishlovchi kodni kiritgan. Kod Google Analytics’ga disk o‘qilayotgan IP-adreslarni taqdim qilgan", deb yozmoqda nashr. 

Ta'kidlanishicha, Tergov jurnalistikasi byurosi Bell Pottinger‘ning Iroqdagi ishini AQSh mudofaa vazirligi shartnomalari, AQSh mudofaa vazirligi bosh inspektori xizmati hisobotlari, xarid operatsiyalari yozuvlari, piar-kompaniya koorporativ hujjatlari, harbiy mutaxassislar maqolalari va Iroqda axborot operatsiyalari doirasida ishlaganlar bilan intervyular orqali aniqlagan.

"Byuro Pentagon va Bell Pottinger o‘rtasida axborot va psixologik operatsiyalar uchun 540 mln dollarlik tranzaksiyalarni aniqlagan", deb aytildi maqolada.

Pentagonda bu ma'lumot tasdiqlandi hamda hamkorlik axborot va psixologik operatsiyalar doirasida olib borilgani, unda ishlatilgan barcha ma'lumotlar "rost" ekanligi ta'kidlab o‘tildi.

 

Mavzuga oid
Top