10:30 / 02.10.2016
8663

OAV Trampning 18 yil davomida soliq to‘lamay ishlagani haqida xabar qildi

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp 1995 yilda 1 milliard dollarga yaqin zarar ko‘rgani uchun 18 yil davomida soliq to‘lamay ishlash huquqiga ega bo‘lgani haqida xabarga ega bo‘ldi.

The New York Times nashrining xabar berishicha, milliarderning chop etilgan soliq deklaratsiyasida Tramp 1995 yili 915,7 mln dollar miqdorida zarar ko‘rgan. Bu esa qonunchilikka ko‘ra uning 18 yil davomida soliqlardan ozod bo‘lishiga imkon bergan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, 1990 yillar boshida Trampning kazinolari yomon boshqaruv tufayli kasod bo‘lgan, uning aviabiznesda va mehmonxonalar sohasidagi ishlari (xususan, Nyu-Yorkda "Plaza" mehmonxonalari ochishi) orqaga ketgandi.

Milliarderning o‘zi gazetaning bu xabariga munosabat bildirishdan bosh tortgan. Uning shtabi bayonotida esa "bu yangilik 20 yillar oldingi soliq deklaratsiyasidan noqonuniy foydalanish evaziga paydo bo‘lganini" iddao etgan.

Trampning shtabidagilar bu Demokratlar tomonidan AQSh prezidentligi uchun nomzod bo‘lmish Hillari Klintonga ishlayotgan OAVning navbatdagi qadami ekanini ta'kidlashgan.

Mavzuga oid
Top