11:10 / 03.10.2016
9416

Yevropaning eng boy kishisi osmono‘par binoni yarim milliard dollarga sotib oldi

Yevropadagi eng boy kishilardan bo‘lmish va Inditex xoldingi asoschisi Amansio Ortega Madriddagi mashhur osmono‘par binolardan birini 490 mln yevroga (551 mln dollar) sotib oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Bu milliarderning ko‘chmas mulk olamida imperiya tashkil etishiga tashlangan yana bir qadamlaridan biridir. Ma'lum qilinishicha, kelishuv Ortegaga tegishli Pontegadea Inmobiliaria kompaniyasi orqali amalga oshirilgan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv 30 sentabr kuni tunda amalga oshirilgan: Pontegadea Inmobiliaria binoni Abu-Dabilik magnat Xadem al-Kubaysiydan sotib oldi.

Pontegadea Inmobiliaria binoni sotib olish masalasida izoh berishni istamagan.
 

Top