23:23 / 03.10.2016
7635

Mario Balotellining qizil kartochkasi bekor qilindi

"Nitstsa" hujumchisi Mario Balotellining qizil kartochkasi bekor qilindi. Hujumchi Fransiya chempionati 8-turida "Loryan"ga qarshi kechgan uchrashuvda  qizil kartochka olgandi. O‘sha kuni Balotelli jamoasiga g‘alaba keltirgan golni kiritishga erishgandi. Shuningdek, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatilgan edi.

Fransiya chempionati hakamlar qo‘mitasi texnik direktori Paskal Garibyan so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvni boshqarib borgan hakam o‘z xatosini tan olgan. Natijada, Balotellining ikkinchi sariq kartochkasini bekor qilgan.

Endilikda Balotelli Fransiya chempionati 9-turida "Lion"ga qarshi kechadigan o‘yinda maydonga tushishi mumkin. 

manba:tribuna.uz

Mavzuga oid
Top