18:00 / 03.10.2016
7635

Sportni tanlagan kam bo‘lmaydi yoxud toza ekologik transport tarafdorlari taqdirlandi

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston ekologik harakati, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi hamda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazilgan “Kamolot-Tur” IX yoshlar velomarafonning Respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tdi.

Finishga birin-ketin sportchilar kirib kelishmoqda. Quvonarlisi, Toshkent shahrining birgina o‘zidan mingdan ortiq yoshlar musobaqaga ixtiyoriy tarzda ishtirok etish istagini bildirishgan.

“Paxtakor” markaziy o‘yingohi oldida mutasaddi tashkilotlar vakillari, sportchilar, ularning yaqinlari, “Kamolot”chilar, iqtidorli yoshlar hamda OAV xodimlari yig‘ilishgan. Hamma hayajonda. Tezroq g‘oliblar bilan tanishish va tabriklash ishtiyoqida.

Marhamat, hududiy bosqichlarda 31,6 ming nafardan ortiq yigit-qizlarni birlashtirgan marafonning Respublika bosqichi g‘oliblari bilan tanishing!

«Eng yosh ishtirokchi qiz» nominatsiyasi:
1. Misyurina Margarita – 12 yosh
2. Egamberdiyeva Yasmina (karting) -8 yosh
3. Simkova Kristina – (8 yosh)

«Eng yosh ishtirokchi o‘g‘il bola» nominatsiyasi:
1. Ibragimov Tigran- (9 yosh)
2. Rimboyev Xondamir- (9 yosh)
3. Umarov Javlon - (motokross)

«Eng irodali ishtirokchi» nominatsiyasi:
1. Yevdakimov Daniil -(16 yosh)
2. Samadov Jasurbek- (Buxoro – karting)
3. Silelko Zlata -(karting)

«Eng mahoratli texnik ishtirokchi» nominatsiyasi:
1. Isjanov Ravshan – (14 yosh)
2. Sharkayev Maksim – (12 yosh)
3. Babayev Abror – (14 yosh)

«Faxriy ishtirokchi» nominatsiyasi:
1. Klimenkov Viktor (78 yosh)
Marhamat, mutloq g‘oliblar bilan tanishing:

III o‘rin:
1. Ro‘zimov Fazliddin( 9-14), Toshkent shahri
2. Tursunboyev Muhammadaziz(15-17), Andijon viloyati
3. Xursanov Nodir(18-30 yosh), Jizzax viloyati

II o‘rin:
1. Nuriddinov Akbar(9-14), Namangan viloyati
2. Bokiyev Asomiddin(15-17), Qashqadaryo viloyati
3. Golovanov Denis(18-30), Buxoro viloyati

I o‘rin:
1. Baxtiyorov Umidjon(9-14), Xorazm viloyati
2. Yesaliyev Ilhom(15-17), Nukus shahri
3. Egamberdiyev Javohir(18-30), Toshkent shahri 

Marafonning birinchi o‘rin g‘oliblari dil izhorlari bilan tanishdik:

Baxtiyorov Umidjon: Velomarafonning tuman va viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yetib keldim. Bu bosqichda ham g‘oliblik nasib qilganidan xursandman. Marafonning finishiga yaqin qolganida, albatta qiyinchiliklarga duch keldim, sababi ishtirokchilar ancha yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgan ekan. Kelajakda bundanda katta turnirlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritish niyatim bor. Bugungi velomarafonda ko‘plab do‘stlar orttirdim. “Kamolot” YIHga uyushtirilayotgan bunday tadbirlar uchun minnatdorchilik bildiraman.

Yesaliyev Ilhom: Velosport bilan professional tarzda 9 yoshimdan buyon shug‘ullanib kelaman. O‘z yosh toifamda g‘olib bo‘lib, menga bildirilgan ishonchni oqlay olganimdan bag‘oyat xursandman.
Egamberdiyev Javohir: Bu velomarafonda uch yildan beri qatnashib kelaman va bu yil ham g‘olib bo‘lganimdan juda xursandman. Bu kabi musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishning eng samarali usuli deb hisoblayman.

— Shuni alohida aytishni istardimki, bugun atmosfera ifloslanishining 40 foizi avtomobillar hisobiga to‘g‘ri kelishini inobatga olsak, ushbu loyihaning nafaqat sportni targ‘ib etishga, balki yurtimizning ekologik holatini yaxshilashga xizmat qilishini ta'kidlashni istardim, — deydi loyihaning “Faxriy velopoygachi” nominatsiyasi g‘olibi Klimenkov Viktor. — Kelgusida ham sport bilan shug‘ullanishni to‘xtatmayman va boshqa yoshi ulug‘ hamyurtlarimizga ham shu tilakni bildiraman.

Nima bo‘lganda ham biz siz uchun xulosa chiqarmaymiz. Ushbu velomarafon bu professional sportchilar bellashuvi emas. Balki mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini tanlagan yosh havaskor sportchilarning do‘stona musobaqasidir. Kelasi yil siz g‘oliblik shohsupasida bo‘lishingiz mumkin! O‘zingiz uchun sog‘lom hayotni tanlang. “Kamolot” har doim biz yoshlar bilan!

G.Ashurova, N.Zafarova,
Foto: J.Vafoyev

Top