18:37 / 03.10.2016
5689

Suriyaning Xama shahrida xudkush-terrorchi o‘zini o‘zi portlatib yubordi

Suriyaning Xama shahrida terakt sodir bo‘ldi. Xudkush-terrorchi badanida o‘rnatilgan bombani harakatga keltirdi. Bu haqda SANA agentligi xabar bermoqda.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, terakt oqibatida halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor.

O‘z navbatida, Reuters agentligining xabariga ko‘ra, ikkita portlash sodir bo‘lgan.

Voqea joyida o‘t o‘chirish xizmati va shifokorlar ish olib borishmoqda. Politsiya va harbiylar tumanni o‘rab olishgan.
 

Top