15:23 / 03.10.2016
18481

Tijoratni nazorat qilish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi

Jahon iqtisodiyotida mavjud raqobat muhiti milliy iqtisodiyotni barcha sohalarida innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llashni taqozo etmoqda, shu jumladan, biznes, tijorat va savdo sohalarida ham. Hozirda elektron savdo va tijorat xo‘jalik sub'yektlarning iqtisodiy-moliyaviy barqarorligini va bozorlardagi ustuvorligini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Bugungi iqtisodchi – ekspertlar elektron tijoratni iqtisodiyotni rivojlantiruvchi samarali mexanizm deb ta'kidlamoqdalar. Bu fikrlar mantiqqa asoslangan bo‘lib, hozirgi zamonaviy jamiyatda shiddat bilan rivojlanib kelayotgan axborot texnologiya va kommunikatsiya tizimlari barcha sohalarni kamrab olmoqda, bu esa, o‘z navbatida, jamiyat sub'yektlari o‘rtasidagi munosabatlarni yangi ko‘rinishda tashkillashtirishni talab etmoqda.

Bugungi xaridor va iste'molchining talablari kundan-kunga keng va serqirrali bo‘lib bormoqda va ularni qondirish, shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy va iqtisodiy barqarorligini ta'minlash masalalarini hal etishda elektron savdo va elektron tijorat samarali vosita bo‘lib hizmat qilishi shubhasiz.

O‘zbekiston hukumati tomonidan elektron savdo va tijoratni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilib, hozirda sohani rivojlantirish uchun iqtisodiy, texnik va huquqiy shart-sharoitlari yaratib berilgan va ular doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.

Xususan, yaqinda Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Hukumatning alohida savdo shakllarini nazorat qilish bo‘yicha qator qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, endi tovarlarni elektron tijorat shaklda ulgurji va kichik partiyalar bilan sotishda shartnomaga ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi haridor (buyurtmachi)ning davlat soliq xizmati organidagi ro‘yhatdan o‘tgan joyidan turg‘un savdo shahobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi borligi haqida ma'lumotnomasini ilova qilishi talab etilmaydi.

Shuningdek, yuridik shaxslar turg‘un savdo shahobchalaridan tashqari nazorat kassa mashinalaridan foydalanish sharti bilan ko‘chma savdo obektlari orqali ham chakana savdo-sotiqni amalga oshirishlari mumkin.

Bundan tashqari, yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarga turg‘un savdo shahobchalaridan tashqarida va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan elektron tijorat shaklida chakana savdo-sotiq qilishlariga yo‘l qo‘yiladi. Unda tovarlarni elektron tijorat shaklda tovarlarni sotishda ish joylaridan tashqarida tarozi va boshqa o‘lchov asboblaridan foydalanish imkoniyatlari o‘z aksini topgan. Endi bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallari faqat turg‘un savdo shahochalaridagina emas, balki ko‘char savdo obektlarida ham bo‘lishi shart.

 Elektron tijorat shaklida non va non-bulka mahsulotlarini sotishda endi maxsus anjomlar (vilkalar, pichoqlar, ajratuvchi taxtalar, stellajlar, polkalarni non ushoqlaridan tozalash uchun chetkava boshqalar) talab etilmaydi.

 Shuningdek, elektron tijorat shaklda kartoshka va meva-sabzavot tovarlari polkalarda, etajyerkalarda va peshtaxtalarda, shu jumladan sovutish peshtaxtalarida, chakana savdo stollarida, savatlarda, yashiklarda va boshqa asbob-uskunalar va jihozlarda ko‘rsatib qo‘yilishi talab etilmaydi.

Ko‘chma tijorat obekti faoliyati amalga oshiriladigan joy o‘zgargan taqdirda 7 ish kuni mobaynida bu haqda davlat soliq xizmati organlarini ogohlantirish talabi hujjatga qo‘shimcha qilib kiritilgan. Ham ko‘chma tijorat obektlari, ham turg‘un savdo shahobchalari nazorat-kassa mashinasi ro‘yhatdan o‘tkazish kartochkasini olish uchun davlat soliq xizmati organlariga bir xil hujjatlarni taqdim etishadi.

Xuddi shu tartibdagi qator o‘zgarishlar xalqimizni tadbirkorlik bilan bog‘liq huquqlarini kengaytirgan holda xalqimizga xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi va odamlarning turmush farovonligi va erkin savdo-sotiq borasidagi huquqiy manfaatlarini mustahkamlaydi.

Sohibjon ISMOILOV,

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a'zosi

Manba: parliament.gov.uz

Mavzuga oid
Top