09:59 / 03.10.2016
4415

Vetnamda o‘tgan V Osiyo sohil o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari jami yettita medal jamg‘arishdi

Vetnamning Danange shahrida o‘tgan V Osiyo sohil o‘yinlari yakuniga yetdi. Mazkur musobaqada 41 mamlakatdan 2200 sportchi medallar uchun bahs olib bordi. 

O‘zbekiston jamoasidan sportning to‘rt turi (kurash, sambo, futbol, muaytay) bo‘yicha 26 ishtirokchi bahs olib bordi. Yakunga ko‘ra, milliy terma jamoa vakillari uch oltin, bitta kumush va uch bronza bilan umumiy hisobda 15-o‘rinni egallashdi.

Kurash bo‘yicha kechgan bahsda Mirjon To‘xtayev 66 kg vazngacha bo‘lgan bellashuvlarda oltin medal sohibi bo‘ldi. 73 kg vazngacha bo‘lgan polvonlar bahsida Suhrob Xudoyberdiyev oltin, 81 kg gacha bo‘lgan kurashchilar bahsida esa Muhammadali Shamsiddinov kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

O‘zbekistonlik sambochilar to‘rtta medalni qo‘lga kiritishdi. Ilhomjon Yuldashev (90 kg.gacha) shohsupaning yuqorisiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Malikabonu Mirzayeva (56 kg gacha), Saneayim Yerkinbayeva (+72 kg) va Istam Kudratovlar uchinchi o‘rin bilan cheklanishdi.

Top