00:12 / 04.10.2016
13109

AQSh Rossiya bilan Suriya bo‘yicha aloqalarni to‘xtatdi

AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Jon Kirbi Rossiya bilan Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan "ikki tomonlama kanallardan" foydalanishni to‘xtatishini ma'lum qildi.

"Bu qarorga kelish yengil bo‘lmadi", deb aytdi Kirbi.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya va AQShning Suriya bo‘yicha kelishuvlarining barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini aytgandi.

 

Top