19:29 / 04.10.2016
4838

Yamanda 2015 yil mart oyidan buyon 4 mingdan ko‘proq fuqarolar o‘ldirilgan

Yamanda 2015 yil mart oyidan 4 mingdan ko‘proq fuqarolar o‘ldirilgan.

Yamanda qurolli ixtilof avj olgan 2015 yil mart oyidan beri 4 mingdan ko‘proq tinch aholi vakili o‘ldirilgan va 7 mingga yaqini yarador bo‘lgan. Bu haqda 4 oktabrda Jyenevadagi matbuot anjumanida BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakili Rupert Kolvill ma'lum qildi. 

"Yamandagi xodimimizning tasdiqlashicha, 2015 yil mart oyidan 2016 yil 30 sentabrigacha o‘ldirilgan va yarador bo‘lganlarning umumiy soni 10963, jumladan 4014 nafar o‘ldirilgan kishini tashkil qiladi", deb aytdi Kolvill.

Kolvillning aytishicha, avgust va sentabrda o‘t ochishni to‘xtatish jarayoni barbod bo‘lgandan keyin Yamanda o‘ldirilgan va yaralanganlar soni "keskin ko‘payib" ketdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, bu vaqt ichida arab koalitsiyasi operatsiyalari davomida 279 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan va 339 nafari yaralangan. Shu vaqt ichida xusiychilar harakatlari oqibatida 49 fuqaro halok bo‘lgan, 62 nafari yaralangan. 

 

Mavzuga oid
Top