18:18 / 04.10.2016
23301

Bosh vazir onlayn qabulxonasiga 10 kun ichida 3 mingdan ortiq murojaat bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini v. b., bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning onlayn-qabulxonasi ish boshlaganiga o‘n kun to‘ldi. Shu vaqt oralig‘ida unga uch mingdan ziyod murojaat bo‘ldi. Bu haqda qabulxona axborot xizmatining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qilingan.

«Qabulxonaga 3 mingdan ziyod murojaat bo‘ldi. Ko‘plab fuqarolarning muammolari bir-ikki kun ichida hal etildi», — deyiladi ma'lumotda. Sh.Mirziyoyevning virtual qabulxonasi 25 sentabr kuni gov.uz hukumat portalida o‘z ish faoliyatini boshladi. Sayt foydalanuvchilari o‘z fikr-mulohazalarini, ariza va shikoyatlarini maxsus shaklda qoldirishlari mumkin.

Axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, onlayn qabulxonaga har kuni yuzlab shikoyat va takliflar kiritiladi. Shuningdek, muammolari hal bo‘lgan fuqarolarning tashakkurnomalari ham jo‘natiladi.

Top