11:51 / 04.10.2016
14021

Yevropa futbolidagi hozirgi tarkibi uchun eng ko‘p pul sarflagan jamoalar reytingi tuzildi

CIES Football Observatory portali Yevropada kuchli beshlik chempionatlarida klublar hozirgi tarkiblarini yig‘ish uchun qancha mablag‘ sarflaganini hisoblab chiqdi.

Birinchi o‘rinni «Manchester Yunayted» jamoasi egalladi - 718 million yevro. Bu natija bilan jamoa keyingi jamoalarni jiddiy farq bilan ortda qoldirgan.

Mankunianliklar o‘tgan yilgi tarkibi qiymati bilan solishtirilganda 185 million yevroga qimmatlashgan va rekord qayd etgan.

Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida «Real» joylashgan – 634 million yevro (+47 mln), uchinchi o‘rinni «Manchester Siti» band etgan – 611 million yevro (+78 mln).

O‘tgan mavsumda Angliya chempioni bo‘lgan «Lester» 26-o‘rinda - 130 million yevro.

Quyida Top-10 lik keltirilgan.

1. «Manchester Yunayted» – 718 mln yevro
2. «Real» – 634
3. «Manchester Siti» – 611
4. «Barselona» – 485
5. «Chelsi» – 481
6. «PSJ» – 455
7. «Yuventus» – 395
8. «Arsenal» – 381
9. «Bavariya» – 357
10. «Liverpul» – 356

Mavzuga oid
Top