16:03 / 04.10.2016
10214

Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi minomyotdan o‘qqa tutildi

Rossiyaning Suriya poytaxtidagi elchixonasi hujumga uchradi. Rossiya TIV Damashqdagi elchixona minomyotdan o‘qqa tutilgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan.

Hujum oqibatida elchixona xodimlari jabrlangani haqida xabar yo‘q.

Minalardan biri elchixona oldidagi uyga kelib tushgan. Rossiya TIV bu mina keltirgan zararni qoplab berishga tayyorligini bildirgan.

Yana 2ta mina elchixona ro‘parasida portlagan.

TIV xabariga ko‘ra, bu minalar Damashq yaqinidagi Jobar shahridan otilgan. Bu shahar "Jibhot an-Nusra" nazoratida hisoblanadi.

Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi bundan avval ham hujumlar tufayli faoliyatini to‘xtatgandi. 2015 yilning mayida ham binoga minomyotdan zarba berilgandi. Rossiya TIV ma'lumotiga ko‘ra, o‘shanda ham hujum Jobar tumanidan yo‘llangandi. Shuningdek, Rossiya elchixonasiga 2013 yilda ham hujum uyushtirilgan.

Top