09:49 / 04.10.2016
4099

O‘rta Yer dengizida 1 kun ichida 6 mingdan ziyod muhojir qutqarib qolindi

Foto: AP

3 oktabr kuni O‘rta Yer dengizida olti ming nafardan ziyod muhojir qutqarib qolindi. Bu haqda Italiya sohil xavfsizligi xizmati ma'lumotiga asoslanib, “Frans Press” agentligi xabar bermoqda.

Avvalroq 5,6 ming muhojir Liviya qirg‘oqlarida qutqarilgani haqida xabar berilgan edi.

Italiya sohil xavfsizligi xizmatining ma'lum qilishicha, muhojirlar Yevropaga 40 ta qayiqda yetib olishga urinishgan. Qayiqlardan birida 725 nafar odam bo‘lgan. Bir kun ichida jami bo‘lib 6055 muhojir qutqarilgan.

Sohil xavfsizligi xizmatining xabariga ko‘ra, 9 muhojir halok bo‘lgan, homilador ayol va yosh bola Lampeduza orolidagi shifoxonaga vertyolot yordamida yetkazilgan.

O‘rta Yer dengizi orqali Italiyaga suzib kelayotgan muhojirlar, asosan, nigeriyalik, eritreyalik va bangladeshliklar bo‘lgan.

Top