10:21 / 05.10.2016
11525

5 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

4 oktabr tuni va 5 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Ozarbayjon mudofaa vaziri Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

4 oktabrda Ozarbayjon mudofaa vaziri, general-polkovnik Zokir Gasanov O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi va unga gullar qo‘ydi.

Batafsil.

Yevropadagi nashrlardan biri "O‘zbekiston prezidenti saylovlari oshkoralik va ochiqlik muhitida o‘tishi"ga ishonch bildirdi

Yevropada nashr etiladigan ommabop Diplomat Magazine jurnalining navbatdagi sonida joriy yil 4 dekabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari mavzusiga bag‘ishlangan maqola bosilib chiqqan.

Batafsil.

Germaniyada Erdo‘g‘anni haqorat qilgan komikka nisbatan tergov ishi yopildi

Germaniyaning Maynts shahri prokuraturasi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni haqorat qilganlikda ayblangan komik va teleboshlovchi Yan Bemermanga nisbatan ochilgan tergov ishini yakunladi.

Batafsil.

Bill Geyts AQShning eng badavlat odamlari ro‘yxatiga yana boshchilik qilmoqda

Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri Bill Geyts Forbes nashri bo‘yicha 400 nafar eng badavlat amerikaliklar ro‘yxatining eng yuqori pog‘onasini egalladi. Donald Tramp esa bu ro‘yxatda 121 pozitsiyaga pastlab ketdi.

Batafsil.

Kremlda Rossiya terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha Suriya bilan hamkorlikni davom ettirishi ma'lum qilindi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Suriya qurolli kuchlari bilan terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikdan voz kechmasligini aytdi.

Batafsil.

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyaga S-300 batareyasi tashlanganini tasdiqladi

Rossiya mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkov 4 oktabrda Suriyada S-300 batareyasi borligini ma'lum qildi.

Batafsil.

Nobel mukofoti sovrindorlari o‘z ixtirolarini foydasiz deb hisoblamoqdalar

Fizika bo‘yicha 2016 yilgi Nobel mukofotini olayotgan fiziklar kashfiyoti tasodifan amalga oshirilgan.

Batafsil.

Asad G‘arb Suriyaning g‘alabasidan nega qo‘rqishini aytdi

Suriya prezidenti Bashar Asad G‘arb nima uchun hozirgi vaziyatda hukumat g‘alabasini istamasligi borasidagi fikrini bildirib o‘tdi.

Batafsil.

AQSh Rossiyaning Polsha bilan chegarasiga o‘z batalonini joylashtiradi

2017 yilning yanvarida Polsha shimoli-sharqidagi Ojish shahri (Rossiya tarkibidagi Kaliningrad viloyati bilan chegaradosh) yaqinidagi garnizonga 800 nafar amerikalik askarni o‘z ichiga olgan batalon joylashtiriladi.

Batafsil.

Amerikalik komik aktyor saratondan forig‘ bo‘ldi

"Ota-ona bilan tanishuv", "Namunali urg‘ochi", "Muzeydagi tun" va boshqa ko‘plab komedik filmlar bo‘yicha taniqli bo‘lgan amerikalik komik aktyor Ben Stiller unga saraton tashxisi qo‘yilganiga jiddiy yondashgani haqida so‘zlab  berdi.

Batafsil.

Nike 89 juft o‘zi bog‘ichlanuvchi krossovkalar chiqardi

Nike Inc kompaniyasi "Kelajakka qaytish" filmidagi bosh qahramonning poyafzalidan andoza olib, o‘zi bog‘lanuvchi Nike Air MAG krossovkalarini ishlab chiqardi. Yangi krossovkalar bor-yo‘g‘i 89 juft qilib chiqarildi.

Batafsil.

Google to‘liq o‘zi ishlab chiqqan smartfonni taqdim etdi

Google kompaniyasi San-Frantsiskodagi taqdimot vaqtida ikkita yangi smartfonlar - Pixel va Pixel XL'ni namoyish etdi.

Batafsil.

Top