11:29 / 05.10.2016
4311

Abdulaziz Komilov YeI Komissari bilan uchrashdi

Foto: O‘zbekiston TIV

2016 yilning 4 oktabr kuni Bryussel shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqining xalqaro hamkorlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Komissari Neven Mimitsa bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilgan.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YeI o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikning amaliy jihatlari ularni yanada mustahkamlash va rivojlantirish nuqtai nazaridan muhokama qilingan.

"Uchrashuvda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" shaklidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollariga alohida e'tibor qaratilgan.

Top