21:23 / 05.10.2016
11981

Anjyelina Joli Charli Shinning sobiq xotiniga tegishli bo‘lgan uyni ijaraga oldi

Hollivudning mashhur aktrisasi Anjyelina Joli Charli Shinning sobiq xotini, aktrisa Deniz Richardsning hashamatli uyini ijaraga oldi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi. 

Uy Kaliforniyaning Hidden-Hills shahrida joylashgan. Uning maydoni deyarli 800 kvadrat metrdan iborat. Koshonada 6 yotoqxona, launj-hudud, vino degustatsiyasi uchun maxsus zal, ovqatlanish xonasi va oshxona mavjud.

Deniz Richards bu uyni 2007 yilda ajrimdan so‘ng sotib olgandi. Shundan keyin u uyga ancha o‘zgarishlar kiritgan va unga hollivudcha tus bergan. 2015 yilda aktrisa bu koshonasini 7,75 million dollarga sotuvga qo‘ydi. Xaridor chiqavermagach, Richards uning narxini ikki marotaba pasaytirgan.

Joli turmush o‘rtog‘i Bred Pitt bilan ajrashish uchun ariza berganidan keyin Malibudagi ijarada yashagan uyidan shu yerga bolalari bilan ko‘chib kelgan. 

Suratlar:CRISNET

Top