10:23 / 05.10.2016
4002

Facebook messenjerida maxfiy yozishmalar funksiyasi paydo bo‘ldi

Facebook o‘zining messenjeriga maxfiy yozishmalar funksiyasini qo‘shdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq axborot markazi saytida ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, Messenger’da end-2-end (u oxiridan-bu oxiriga) shifrlash paydo bo‘ldi. Boshqa foydalanuvchi bilan maxfiy yozishma olib borish uchun tegishli bandni tanlab, yangi chatni boshlash lozim. Shuningdek, "yo‘q bo‘lib ketuvchi" xabarlarni jo‘natish imkoniyati paydo bo‘ldi, bunday xabarlarga taymer qo‘yish kerak. 

Maxfiy chatlar qulf belgisi bilan belgilanadi. Ta'kidlanishicha, bunday chatlarda barcha imkoniyatlar saqlanib qoladi, biroq guruhli tarzda maxfiy yozishma tashkil qilib bo‘lmaydi. Facebook’ning ogohlantirishicha, bunday chatni u yaratilgan qurilma orqaligina ko‘rish mumkin bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqning xabar berishicha, bu funksiya hozircha hamma qurilmalarda ham ishlamaydi.
 

Top