22:51 / 05.10.2016
4556

Yahoo foydalanuvchilar pochtasini ommaviy kuzatish bo‘yicha ayblovlarni inkor qildi

Foto: REUTERS

Yahoo kompaniyasi foydalanuvchilar pochtasini ommaviy kuzatish bo‘yicha ayblovlarni inkor qildi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.

Avvalroq Reuters axborot agentligi 2015 yilda Yahoo AQSh razvedkasida foydalanuvchilarning elektron maktublarida muayyan ma'lumotni qidirish imkoniyati bo‘ladigan dasturni yaratganini ma'lum qilgandi. Ta'kidlanishicha, kompaniya AQSh hukumatining maxfiy qaroriga ko‘ra, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi va Federal qidiruvlar byurosi iltimosi bilan Yahoo Mail’ning yuz millionlab akkauntlarini tekshirgan.

Yahoo bu maqolani chalg‘ituvchi deb atadi. "Biz foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlar bo‘yicha hukumatning har iltimosini oshkoralikni iloji boricha kamaytirish uchun sinchkovlik bilan qabul qilamiz", deb aytildi kompaniya bergan bayonotda. Kompaniyada ta'kidlanishicha, Yahoo tizimlarida maqolada keltirilgandek, pochtani skanirlovchi funksiya mavjud emas.

 

Mavzuga oid
Top