00:57 / 06.10.2016
12667

Xitoyda ko‘zboylog‘ichlar bir daqiqa ichida kiyimni o‘zgartirish bo‘yicha rekord o‘rnatishdi

Xitoyda ko‘zboylog‘ich va uning yordamchisi bir daqiqa ichida dunyoda eng ko‘p kiyim o‘zgartirishni amalga oshirishgach, Ginness rekordlar kitobiga kirishdi. Xitoyning Xubey viloyatidagi ko‘ngilochar bog‘dagi shou vaqtida tasvirga olingan bu natija videosi Guinness World Records’ning YouTube-kanalida 30 sentabrda chop etilgan. 5 kun ichida video 710 ming martadan ko‘proq marta ko‘rilgan. 

Videoga berilgan izohda malayziyalik bo‘lgan qo‘zboylog‘ichlar bir daqiqa ichida 19 ta kiyim kiyishga muvaffaq bo‘lishgani aytilgan. Shu tariqa, ular avvalgi rekordni yangilashgan. Avvalgi rekord natijada 17 ta kiyim almashtirilgandi.

 

Top