20:18 / 06.10.2016
6697

Iroq BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ramoqda

Foto: © AP

Iroq turk harbiylarining Iroq shimolida mavjudligi yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ramoqda. 

"Iroq tashqi ishlar vazirligi Turkiya tomonidan Iroq hududida amalga oshirilgan qoidabuzarlik va uning ichki ishlariga aralashuvini muhokama qilish uchun BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazish uchun so‘rov yubordi. So‘rov BMT xavfsizlik kengashi Iroqqa nisbatan majburiyatlarini bajarishi, bu masala bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilishi va turk kuchlari tomonidan Iroq suvereniteti buzilishiga chek qo‘yish talabini o‘z ichiga olgan", deb aytildi Iroq tashqi ishlar vazirligi vakili bayonotida.

Iroq parlamenti 4 oktabrda turk harbiylarining Mosul yaqinidagi Bashik tumanida mavjudligi yuzasidan norozilik bildirilgan rezolyutsiyani qabul qildi. Parlamentchilar hukumatdan tegishli yuridik va diplomatik choralarni qabul qilishni, jumladan Iroq va Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni ko‘rib chiqishni talab qilishgan. Turkiya tashqi ishlar vazirligi bu rezolyutsiyani qoralagan. O‘tgan haftada Turkiya parlamenti mamlakat qurolli kuchlaridan Iroq va Suriyada foydalanishga ruxsatni yana 13 oyga cho‘zdi.   

 

Mavzuga oid
Top