Karib havzasi davlatlarida "Metyu" to‘foni oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, 19 kishi Gaitida, 4 kishi Dominikan Respublikasida va yana bir kishidan Kolumbiya hamda Sent-Visente va Grenadinlarda halok bo‘lgan.
To‘fon ayni vaqtda Bagam orollari tomon yo‘nalmoqda hamda AQShning bir nechta shtatlari, jumladan Florida, Jorjiya, Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlariga xavf solmoqda.