16:02 / 06.10.2016
6156

SANA: AQSh boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari Halab yaqinidagi qishloqni bombardimon qildi

Foto: SANA

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari Halab shahridan 50 kilometr shimoldagi Selsan qishlog‘i bo‘ylab bomba yog‘dirgan. Bu haqda mahalliy aholi orasidagi manbalariga tayangan holda SANA agentligi xabar bergan.

Hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, shundan 3 nafari bolalardir. Shuningdek, tinch aholi orasida 40 nafar kishi turli darajada tan jarohatlari olgan. Ularning ba'zilari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Bombalash oqibatida ko‘p uylar butkul yaroqsiz holatga kelgan.

5 oktabr kuni koalitsiya samolyotlari Mo‘sul shahri yaqinidagi qishloqqa bomba yog‘dirgani, natijada 20 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Keyinroq, samolyotlar iroqlik jangchilarni IShID jangarilari bilan adashtirib yuborgani ma'lum bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top