Slovakiyaning birinchi prezidenti Mixal Kovach 86 yoshida Bratislavada vafot etdi, deb xabar bermoqda Teraz nashri.
Kovach yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan. Uning o‘limi haqidagi axborotni yaqinlari tasdiqlashgan.
Kovach Slovakiyaga 1993-1998 yillarda rahbarlik qilgan. Joriy yilning martida Kovach ikki bor shifoxonaga yotqazilgandi. Kovach og‘ir kasallik tufayli oxirgi yillarda omma oldida deyarli ko‘rinish bermagan.