09:57 / 06.10.2016
6707

O‘zbek olimlaridan navbatdagi ixtiro: Nasosni proporsional boshqarish qurilmasi

Foto: ima.uz

O‘zbek olimlari tomonidan nasosni proporsional boshqarish qurilmasi ixtiro qilindi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining matbuot xizmati xabar bergan.

Uning vazifasi nasos avariya tufayli o‘chirilganida, gidravlik zarbni va teskari yurish tezligini yuzaga keltirmay, nasosning ishlash imkoniyatini ta'minlash yo‘li bilan nasos stansiyasining ishonchliligi va tejamkorligini oshirishdan iborat.

Qurilma Xoxlov Aleksandr, Xoxlov Vladimir, Titova Janna va Allayev Kahramon hammuallifligida ixtiro qilindi va ularga ushbu ixtiro uchun patent berildi.

Top