11:01 / 06.10.2016
3802

O‘zbekiston MSKda YeXHTning loyihalar koordinatori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi M.Abdusalomovning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining loyihalar koordinatori Jon Makgregor bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi xabar bermoqda.

Uchrashuvda M.Abdusalomov Markaziy va okrug saylov komissiyalari tomonidan shu yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha axborot berdi.

Markaziy saylov komissiyasini vakillari Ispaniya, Fransiya, Daniya, Buyuk Britaniya saylov amaliyoti bilan yaqindan tanishish, shu jumladan, saylovchilarning yagona elektron reyestrini yaratish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish imkoniga ega bo‘lishdi.

Qayd etilganidek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistonda parlament va Prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayoni yuzasidan bir necha marta kuzatuv olib bordi. Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yichabyurosi shu yilning 11-14 oktabr kunlari Ehtiyojlarni baholash missiyasini yuborishga qaror qildi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha taraflarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Mavzuga oid
Top