10:15 / 06.10.2016
4459

Janubiy Koreyaga yopirilgan “Chaba” to‘foni qurbonlari besh kishiga yetdi

Janubiy Koreyaga yopirilgan “Chaba” to‘foni qurbonlari besh kishiga yetdi, yana besh kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Bu haqda mamlakat xavfsizlik vazirligi xabar bergan.

Yo‘qolgan besh kishi Ulsan, Pusan va Chedju oroli singari sohilbo‘yi shaharlarida qayd etilgan, deb ma'lum qilmoqda “Renxap” agentligi.

Tayfun harakatda bo‘lgan tumanlardagi 229 ta turar-joy binosi elektr energiyasisiz qolgan, ammo ayni damda ulardan ayrimlarida bu muammo bartaraf etilgani qayd etilmoqda.
 

Top