09:47 / 07.10.2016
11067

7 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

6 oktabr tuni va 7 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

"Mettyu" bo‘roni oqibatida halok bo‘lganlar soni 280 nafardan oshdi

Gaitining janubiy departamentiga yopirilgan "Mettyu" bo‘roni oqibatida halok bo‘lganlar soni 283 nafarga yetdi.

>>> Batafsil.

AQSh yangi atom bombalarni sinovdan o‘tkazdi

AQShlik harbiylar B61 seriyasidagi ikkita yangi atom bombani sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.

>>> Batafsil.

Nigerdagi qochqinlar lageriga qilingan hujum oqibatida 22 harbiy halok bo‘ldi

Nigerdagi Malidan kelgan qochqinlar uchun barpo qilingan lagerga noma'lum kimsalarning hujum qilishi oqibatida 22 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Rossiya tarixida eng yosh gubernator tayinlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30 yashar Anton Alixanovni Kaliningrad viloyati rahbarligiga saylash to‘g‘risidagi buyruqqa imzo chekdi. Buyruq rasmiy internet-portalda e'lon qilingan.

>>> Batafsil.

OAV: Iroqda Turkiyaning qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Turkiyaga qarashli F-16 qiruvchi samolyoti Iroq Kurdistonida falokatga uchradi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot Iroqning shimoli-sharqida Eron bilan chegarada topshiriq bajarayotgan bo‘lgan.

>>> Batafsil.

OPeK neft qazib olish hajmi yanada kamaytirilishi mumkinligini aytdi

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPeK) yaqindagi kelishuvga nisbatan neft qazib olish hajmini yana bir foizga kamaytirish bo‘yicha kelishuvga kelishlari mumkin.

>>> Batafsil.

Sharp eng tiniq ekranni taqdim etdi

CEATEC 2016 ko‘rgazmasida Sharp kompaniyasi virtual dubulg‘a uchun 1008 piksel zichligiga ega bo‘lgan displeyni taqdim etdi.

>>> Batafsil.

Italiya De Rossining goli evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

2018 yilgi jahon chempionati Yevropa saralash bosqichi doirasida 2-turda G guruhi vakillari - Italiya va Ispaniya Turinda uchrashdi.

>>> Batafsil.

Ushu bo‘yicha O‘zbekiston tarixida birinchi oltin medal qo‘lga kiritildi

25 sentabrdan 3 oktabrgacha Bolgariyaning Burgas shahrida o‘smirlar o‘rtasida ushu bo‘yicha 6-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

>>> Batafsil.

Top