21:44 / 07.10.2016
6431

Fransiya prezidenti Polshaga tashrifini bekor qildi

Foto:© Sputnik

Fransiya prezidenti Fransua Olland Varshava 50 ta Airbus Caracal harbiy vertolyotini sotib olish bo‘yicha 3,5 mlrd dollarlik shartnomadan voz kechgandan keyin bunga norozilik sifatida Polshaga tashrifini bekor qildi. Bu haqda Ollandga yaqin manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

"Fransiya Polsha mudofaa vazirligining 2015 yil aprelda Caracal vertolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha Airbus kompaniyasi tomonidan yutilgan tenderni bekor qilish qaroridan keyin rejalashtirilgan maslahatlashuvlarni boshqa sanaga ko‘chirishga qaror qildi", deb aytdi manba. 

Ta'kidlanishicha, Olland va Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro Polshaga 13 oktabrda kelishi kerak edi.

 

Top